Savdo agentlari uchun boshqaruv tizimi

Savdo jamoangizni bitta tizimdan boshqaring

Buyurtma, marshrut, ombor, qarzdorlik va moliya — agent telefonida, rahbar kompyuterida. Barcha ma'lumot real vaqtda, bitta ekranda.

14 kun bepul Karta talab qilinmaydi O'rnatish shart emas
topagentss.uz/admin
‹  6-sentabr, shanba  ›   Bugun
Kunlik savdo
8 420 000 so'm
▲ 12% kechagidan
Buyurtma
24
Tashrif
31
Yig'ilgan
5.2M
Onlayn
4
Qarz
18.6M
So'nggi 7 kun
So'nggi buyurtmalar
Baraka Market840kyangi
Farovon Do'kon1.2Myetkazildi
Saodat Market615kyangi
Yangi Hayot2.1Myetkazildi
Tanish holatmi?

Distribyutsiyada eng ko'p uchraydigan muammolar

Har biriga TopAgents'da tayyor yechim bor.

?Hisobotlar qog'ozda va tarqoq Excel jadvallarda

Buyurtma, ombor, qarz va kassa bitta tizimda — hisobot bir bosishda, kerak bo'lsa Excel'ga.

?Do'konlar qarzi o'sib boryapti

Har do'kon balansi, muddati o'tgan qarz va nasiya chegarasi. Agent kimdan qancha yig'ishni ilovasida ko'radi.

?Agent kun bo'yi qayerda bo'lgani noma'lum

GPS iz, marshrut rejasi, kirilmagan do'konlar sababi bilan. Do'kondan uzoqda ochilgan tashrif o'zi belgilanadi.

?Omborda yo'q tovar sotiladi, muddati o'tib qoladi

Qoldiqdan ortiq buyurtma o'tmaydi. Partiya va yaroqlilik nazorati, yaroqsiz tovar — dalolatnoma bilan.

?Yetkazib berish nazoratsiz

Kuryer yuki, topshirish joyi xaritada, yig'ilgan pul rasm bilan — rahbar tasdiqlagach kassaga tushadi.

?Haqiqiy foyda qancha — hech kim aniq bilmaydi

Tannarx, chegirma, qaytarish va rasxod hisobga olingan foyda — agent, tovar va do'kon kesimida.

Avtomatlashtiring. Nazorat qiling. O'sing.

Buyurtma sayohati

Bitta buyurtma — hech kim qayta yozmaydi

Agent do'konda bir marta bosadi — buyurtma o'zi rahbarga, omborga, kuryerga va kassaga yetib boradi.

  1. 1
    Agent do'konda buyurtma oladi

    Narx, chegirma va do'kon qarzi o'zi hisoblanadi. Internet bo'lmasa ham buyurtma saqlanadi.

  2. 2
    Rahbar darhol ko'radi

    Buyurtma o'sha soniyada admin panelda — kim, qaysi do'kondan, qancha.

  3. 3
    Ombor o'zi kamayadi

    Qoldiq avtomatik yechiladi. Omborda yo'q tovarni agent sota olmaydi.

  4. 4
    Kuryer yetkazadi

    Yuk kuryer ilovasida, yo'li xaritada. Topshirgach — bir bosishda «Yetkazildi».

  5. 5
    Pul kassaga, raqamlar hisobotga

    Naqd pul kassaga, nasiya do'kon qarziga yoziladi. Hisobot o'zi tayyor bo'ladi.

Jonli nazorat

Agentlaringiz qayerda — hozir ko'rasiz

Har agentning yo'li, kirgan do'koni va olgan buyurtmasi xaritada real vaqtda.

  • 1GPS iz — kun davomida bosib o'tilgan yo'l va har bir to'xtash.
  • 2Marshrut rejasi — kirilgan do'kon yashil, kirilmagani kulrang.
  • 3Marshrut takrori — kunni qadam-baqadam qayta ko'rish.
Imkoniyatlar

Savdoning butun zanjiri — bitta tizimda

Agentning har bir qadami, har bir buyurtma va har bir so'm — hisobda.

Buyurtma

Telefondan rasmiylashtiriladi. Narx va chegirma avtomatik.

GPS va marshrut

Kim qayerda, necha do'konga kirdi. Kun takrori qadam-baqadam.

Ombor va qoldiq

Kirim, partiya, muddati nazorati. Og'irlikli o'rtacha tannarx.

Qarzdorlik va to'lov

Har do'kon balansi, muddati o'tgan qarz, to'lov rejasi.

Hisobot va tahlil

ABC, marja, konversiya, kesimli hisobot konstruktori. Har hisobot Excel'ga chiqadi.

AI Yordam

Odamcha so'rang: kim oldinda, kim qarzdor. Bazadan o'zi topib javob beradi.

Telegram bot

Mijoz o'zi buyurtma beradi — savdo to'xtamaydi.

Offline rejim

Internet yo'q bo'lsa navbatga tushadi, tiklanishda o'zi ketadi.

QQS va hisob-faktura

12% QQS ajratiladi. STIR bilan faktura chiqariladi va chop etiladi.

Yetkazib berish

Kuryerga yuk, yo'ldagi buyurtmalar, rad etilgan tovar va yig'ilgan pul — rasm va GPS bilan.

Supervayzer nazorati

Kirilmagan va shubhali tashriflar, agent KPI, do'kon tekshiruvi va kun yakuni hisoboti.

Chegirma va bonuslar

Miqdor, summa va muddat bo'yicha aksiya, sovg'a tovar, xodimlarga savdodan foiz — buyurtmada o'zi qo'llanadi.

O'ynab ko'ring

Bir daqiqa — va farqni o'zingiz ko'rasiz

Agent bo'lib buyurtma yig'ing yoki daftar bilan TopAgents tezligini solishtiring.

45 soniya — qancha buyurtma yig'asiz?

Do'kon ustida halqa paydo bo'lsa — uni bosing. Agent yurib boradi va buyurtma oladi. Bir nechtasini ketma-ket bossangiz, navbat bilan aylanib chiqadi.

Halqa so'nib qolsa — do'kon buyurtmani boshqa distribyutorga beradi.

Telegram bot

Do'kon buyurtmani Telegram'dan o'zi beradi

Agent kelguncha kutmaydi: do'kon egasi botda katalogni ochadi, savatga soladi va yuboradi — buyurtma darhol admin paneliga tushadi.

Do'kon egasi uchun

  • Rasmli katalog, qidiruv va savat — Telegram ichida
  • Buyurtma holatini kuzatish
  • Oldingi buyurtmani bir bosishda takrorlash

Rahbar uchun

  • Yangi buyurtmani qabul qilish yoki rad etish
  • Kunlik xulosa: muddati o'tgan qarz, kam qolgan tovar
  • Muhim voqealar haqida darhol xabar
Integratsiyalar

Ishlatayotgan vositalaringiz bilan birga ishlaydi

Ma'lumotni qayta-qayta kiritish shart emas.

TGTelegram Do'kon buyurtmasi, mijozga holat xabari, rahbarga xulosa.
XLSExcel Tovar, kirim va qoldiqni yuklash; har hisobotni Excel'ga chiqarish.
SMSEskiz SMS Qarz va to'lov eslatmalari do'konlarga SMS orqali.
GPSXarita Do'konlar joyi, agent izi va marshrutlar xaritada.
Tez oradaEDODidox va E-IMZO Elektron hisob-faktura yaratish va kalit bilan imzolash.
O'rnatish

Ilova sifatida o'rnating

Yuklab olish, o'rnatuvchi fayl va yangilab turish shart emas — sayt to'g'ridan-to'g'ri ilovaga aylanadi.

TopAgents — kompyuter va telefon uchun

Windows, macOS va Android'da o'z oynasida ochiladi, belgisi ish stolida turadi. Brauzer manzil satri ko'rinmaydi.

Internetsiz ham ochiladi O'zi yangilanadi Joy egallamaydi

Chrome yoki Edge'da manzil satrining o'ng chekkasidagi o'rnatish belgisini bosing. iPhone'da: Safari → Ulashish → Bosh ekranga qo'shish.

Xodimlar uchun alohida ilovalar

Har lavozim o'z ilovasini o'rnatadi va o'z telefoni/emaili va paroli bilan shu ilovaning o'zidan kiradi.

Qanday ishlaydi

To'rt qadamda ishga tushadi

Server sotib olish, dastur o'rnatish yoki dasturchi yollash kerak emas.

1

Tanishuv va tahlil

Biznesingiz, tovarlaringiz va savdo zanjiringizni ko'rib chiqamiz, tizimni qanday sozlash bo'yicha tavsiya beramiz.

2

Ishga tushirish

Firmangiz uchun hisob ochamiz. Tovarlar Excel'dan bir marta yuklanadi, do'konlar agentlarga biriktiriladi.

3

Xodimlarni o'qitish

Har lavozimga — agent, yetkazib beruvchi, omborchi, kassir — o'z ishini ko'rsatib beramiz.

4

Doimiy yordam

Savollarga Telegram orqali tez javob beramiz. Tizim har hafta yangilanib boradi.

Kimga

Kimga mo'ljallangan

Mos keladi

  • Distribyutor va ulgurji savdo firmalari
  • Oziq-ovqat, ichimlik, maishiy kimyo, kanselyariya
  • Dala agentlari do'konlarni aylanib buyurtma yig'adigan biznes
  • 2 tadan 200 tagacha agenti bor jamoalar
  • Nasiya savdo qiladigan va qarzdorlikni nazorat qilmoqchi bo'lganlar
  • To'qimachilik fabrikalari — sexlar, smenalar va ximikat ombori bilan

Kim nimani ko'radi

  • Rahbar — savdo, ombor, qarz va foyda bitta panelda
  • Agent — buyurtma, tashrif, to'lov va marshrut telefonida
  • Yetkazib beruvchi — yo'ldagi buyurtmalar, topshirish va yig'im
  • Omborchi — kirim, chiqim, sanoq va kuryer yuki
  • Kassir — kassa, rasxod va to'lov qabul qilish
  • Supervayzer — agentlar nazorati va tahlil
Narxlar

Hajmingizga mos tarif

Barcha tariflarda birinchi 14 kun bepul — karta ma'lumotlari so'ralmaydi.

Sizga qaysi tarif mos?

Jamoangiz sonini tanlang — tarif va narx o'zi hisoblanadi.

5ta agent
1102030
Yetkazib beruvchi
1
Admin
1
Pro
1 449 000 so'm / oy
Eng ommabop
Biznes
400 000so'm / oy
  • Agentlar3
  • Yetkazib beruvchi1
  • Admin1
  • Mahsulotlar5 000
  • Do'konlar∞
Pro
1 449 000so'm / oy
  • Agentlar12
  • Yetkazib beruvchi3
  • Admin3
  • Mahsulotlar∞
  • Do'konlar∞
  • Qo'shimcha agent, admin yoki yetkazib beruvchi+100 000
Korporativ
Kelishilgan
  • Agentlar∞
  • Yetkazib beruvchi∞
  • Admin∞
  • Mahsulotlar∞
  • Do'konlar∞
Biz haqimizda

TopAgents — O'zbekistonda yaratilgan savdo va ishlab chiqarish tizimi

Biz distribyutorlik, ulgurji savdo va ishlab chiqarish korxonalari uchun kundalik ishni bitta tizimga yig'amiz: agent do'konda buyurtma oladi, ombor o'zi kamayadi, yetkazib beruvchi pulni yig'adi, rahbar esa hammasini real vaqtda ko'radi.

Mahalliy jamoa Tizim o'zbek tilida, mahalliy biznes tajribasi asosida qurilgan — nasiya, naqd, perechisleniye, so'm va dollar hisoblari birga yuritiladi.
Savdo va fabrika Savdo firmalari uchun agent, ombor, qarz va moliya; to'qimachilik fabrikalari uchun sexlar, smenalar, ximikat ombori va upakovka — bitta platformada.
Doimiy yordam Ishga tushirishda yordam beramiz, xodimlaringizni o'rgatamiz, savollarga Telegram orqali tez javob beramiz. Tizim har hafta yangilanib boradi.
Ma'lumot xavfsizligi Har firma ma'lumoti alohida saqlanadi, har kuni zaxira nusxa olinadi, har xodim faqat o'z lavozimiga tegishli bo'limni ko'radi.
Savollar

Ko'p so'raladigan savollar

Agent telefoniga ilova o'rnatish kerakmi?
Yo'q. TopAgents brauzerda ochiladi — Android va iPhone'da bir xil ishlaydi. Xohlasangiz sahifani bosh ekranga qo'shib qo'yish mumkin, shunda oddiy ilovadek ko'rinadi.
Do'konda internet bo'lmasa nima bo'ladi?
Buyurtma telefon xotirasida navbatga tushadi va aloqa tiklangan zahoti o'zi yuboriladi. Agent kutib turmaydi va qayta kiritishi ham shart emas.
Ma'lumotlarim xavfsizmi?
Ma'lumotlar shifrlangan ulanish (HTTPS) orqali uzatiladi va alohida bazada saqlanadi. Har xodimning o'z paroli bor; parol almashtirilsa eski seanslar darhol bekor bo'ladi. Muhim o'zgarishlar (narx, holat, biriktirish) tarixga yoziladi.
Tovarlarni qanday kiritaman — qo'lda birma-birmi?
Yo'q. Excel fayldan bir marta yuklaysiz: nomi, kategoriya, narxi, tannarxi va qoldig'i bilan. Tizim ichida to'g'ri shablonni yuklab olish mumkin. Kirim hujjatlarini ham shu yo'l bilan kiritsa bo'ladi.
Bir nechta ombor bilan ishlaydimi?
Ha. Har omborning o'z qoldig'i bo'ladi, tovar ombordan omborga o'tkaziladi. Yaroqlilik muddati bo'lgan tovarlar partiyalarga bo'linadi va muddati yaqinidan chiqim qilinadi.
Narxi qancha?
Eng ommabop Biznes tarifi — 400 000 so'm/oy (3 agent, 1 admin, do'konlar cheksiz). Pro — 1 449 000 so'm/oy (12 agent, 3 yetkazib beruvchi, 3 admin); undan ortiq har bir agent, admin yoki yetkazib beruvchi uchun +100 000 so'm/oy. Katta korxonalar uchun kelishilgan narx. Barcha tariflarda birinchi 14 kun bepul, karta so'ralmaydi.

Tizimni o'z firmangizda sinab ko'ring

Telegram orqali yozing — firmangiz uchun hisob ochib beramiz, namuna tovarlar bilan shu kuniyoq ishlab ko'rasiz.

TopAgents

Savdo agentlari uchun dala savdosi tizimi

← Tizim haqida

Yuklanmoqda…