Buyurtma, marshrut, ombor, qarzdorlik va moliya — agent telefonida, rahbar kompyuterida. Barcha ma'lumot real vaqtda, bitta ekranda.
Har biriga TopAgents'da tayyor yechim bor.
Buyurtma, ombor, qarz va kassa bitta tizimda — hisobot bir bosishda, kerak bo'lsa Excel'ga.
Har do'kon balansi, muddati o'tgan qarz va nasiya chegarasi. Agent kimdan qancha yig'ishni ilovasida ko'radi.
GPS iz, marshrut rejasi, kirilmagan do'konlar sababi bilan. Do'kondan uzoqda ochilgan tashrif o'zi belgilanadi.
Qoldiqdan ortiq buyurtma o'tmaydi. Partiya va yaroqlilik nazorati, yaroqsiz tovar — dalolatnoma bilan.
Kuryer yuki, topshirish joyi xaritada, yig'ilgan pul rasm bilan — rahbar tasdiqlagach kassaga tushadi.
Tannarx, chegirma, qaytarish va rasxod hisobga olingan foyda — agent, tovar va do'kon kesimida.
Avtomatlashtiring. Nazorat qiling. O'sing.
Agent do'konda bir marta bosadi — buyurtma o'zi rahbarga, omborga, kuryerga va kassaga yetib boradi.
Narx, chegirma va do'kon qarzi o'zi hisoblanadi. Internet bo'lmasa ham buyurtma saqlanadi.
Buyurtma o'sha soniyada admin panelda — kim, qaysi do'kondan, qancha.
Qoldiq avtomatik yechiladi. Omborda yo'q tovarni agent sota olmaydi.
Yuk kuryer ilovasida, yo'li xaritada. Topshirgach — bir bosishda «Yetkazildi».
Naqd pul kassaga, nasiya do'kon qarziga yoziladi. Hisobot o'zi tayyor bo'ladi.
Har agentning yo'li, kirgan do'koni va olgan buyurtmasi xaritada real vaqtda.
Agentning har bir qadami, har bir buyurtma va har bir so'm — hisobda.
Telefondan rasmiylashtiriladi. Narx va chegirma avtomatik.
Kim qayerda, necha do'konga kirdi. Kun takrori qadam-baqadam.
Kirim, partiya, muddati nazorati. Og'irlikli o'rtacha tannarx.
Har do'kon balansi, muddati o'tgan qarz, to'lov rejasi.
ABC, marja, konversiya, kesimli hisobot konstruktori. Har hisobot Excel'ga chiqadi.
Odamcha so'rang: kim oldinda, kim qarzdor. Bazadan o'zi topib javob beradi.
Mijoz o'zi buyurtma beradi — savdo to'xtamaydi.
Internet yo'q bo'lsa navbatga tushadi, tiklanishda o'zi ketadi.
12% QQS ajratiladi. STIR bilan faktura chiqariladi va chop etiladi.
Kuryerga yuk, yo'ldagi buyurtmalar, rad etilgan tovar va yig'ilgan pul — rasm va GPS bilan.
Kirilmagan va shubhali tashriflar, agent KPI, do'kon tekshiruvi va kun yakuni hisoboti.
Miqdor, summa va muddat bo'yicha aksiya, sovg'a tovar, xodimlarga savdodan foiz — buyurtmada o'zi qo'llanadi.
Agent bo'lib buyurtma yig'ing yoki daftar bilan TopAgents tezligini solishtiring.
Do'kon ustida halqa paydo bo'lsa — uni bosing. Agent yurib boradi va buyurtma oladi. Bir nechtasini ketma-ket bossangiz, navbat bilan aylanib chiqadi.
Halqa so'nib qolsa — do'kon buyurtmani boshqa distribyutorga beradi.
Haqiqiy ishda har buyurtma o'sha zahoti rahbarga, omborga va kassaga tushadi — yon tomondagi «Rahbar ekrani» kabi.
Do'kon buyurtma berdi. Jami summani hisoblang:
Endi xuddi shu buyurtma agent ilovasida. Sonini kiriting — qolganini tizim qiladi:
Avval buyurtma summasini o'zingiz hisoblaysiz — xuddi daftardagidek. Keyin xuddi shu buyurtmani TopAgents'da kiritasiz. Ikkala vaqt solishtiriladi.
TopAgents'da buyurtma bir marta kiritiladi — rahbar, ombor va kassa uni o'zi ko'radi.
Agent kelguncha kutmaydi: do'kon egasi botda katalogni ochadi, savatga soladi va yuboradi — buyurtma darhol admin paneliga tushadi.
Ma'lumotni qayta-qayta kiritish shart emas.
Yuklab olish, o'rnatuvchi fayl va yangilab turish shart emas — sayt to'g'ridan-to'g'ri ilovaga aylanadi.
Windows, macOS va Android'da o'z oynasida ochiladi, belgisi ish stolida turadi. Brauzer manzil satri ko'rinmaydi.
Chrome yoki Edge'da manzil satrining o'ng chekkasidagi o'rnatish belgisini bosing. iPhone'da: Safari → Ulashish → Bosh ekranga qo'shish.
Har lavozim o'z ilovasini o'rnatadi va o'z telefoni/emaili va paroli bilan shu ilovaning o'zidan kiradi.
Server sotib olish, dastur o'rnatish yoki dasturchi yollash kerak emas.
Biznesingiz, tovarlaringiz va savdo zanjiringizni ko'rib chiqamiz, tizimni qanday sozlash bo'yicha tavsiya beramiz.
Firmangiz uchun hisob ochamiz. Tovarlar Excel'dan bir marta yuklanadi, do'konlar agentlarga biriktiriladi.
Har lavozimga — agent, yetkazib beruvchi, omborchi, kassir — o'z ishini ko'rsatib beramiz.
Savollarga Telegram orqali tez javob beramiz. Tizim har hafta yangilanib boradi.
Barcha tariflarda birinchi 14 kun bepul — karta ma'lumotlari so'ralmaydi.
Jamoangiz sonini tanlang — tarif va narx o'zi hisoblanadi.
Biz distribyutorlik, ulgurji savdo va ishlab chiqarish korxonalari uchun kundalik ishni bitta tizimga yig'amiz: agent do'konda buyurtma oladi, ombor o'zi kamayadi, yetkazib beruvchi pulni yig'adi, rahbar esa hammasini real vaqtda ko'radi.
Telegram orqali yozing — firmangiz uchun hisob ochib beramiz, namuna tovarlar bilan shu kuniyoq ishlab ko'rasiz.
Ro'yxatdan o'tish shart emas. 30 kunlik buyurtmalar, qarzlar, ombor va xaritadagi agentlar bilan to'ldirilgan. Istagan narsani bosib ko'ring — ma'lumot har kecha qaytadan tiklanadi.